Ro‘za qasdan qazo qilnsa
Assalomu alaykum! Man yoshli qilib 6 kunli ro‘zamni qazo qilib qo‘ydm. 1 kunli ro‘zani qasdan qazo qilsa 60 kun tutasan deyishdi. Xar bir kunimga 60 kun bo‘lsa 360 kun ro‘za tutish joizmi? Odatda ro‘za taqvimlari faqat 1 oy mo‘ljalangan. Ramazon oyidan boshqa oylarda ro‘za tutish uchun saharlik va iftorlikni qanday belgilash mumkun? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ro‘za tutmaslik ulkan gunohi kabiradir. Tutib, uzrsiz qasddan ochib yuborish undanda og‘irroq gunohdir. Kafforat ro‘zasi niyat bilan boshlangan ro‘zani qasddan ochganga vojib bo‘ladi. Ammo ro‘za tutishni niyat qilmagan bo‘lsa, unga kafforat lozim bo‘lmay, balki bir kuniga bir kun qazo tutadi. Yilning boshqa oylarida ro‘za tutilganda oddiy taqvimlardagi subh (tong) og‘iz yopilishi va shom vaqti esa og‘iz ochilishidir. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 07:23 | Savol-javoblar | 142 | Ibodatlar