Savdodagi vaziyat

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, savdogarman, erkaklar  kiyimlarini sotaman. Kiyimlardan birini(faqat futbolka va ko‘ylak) savdo bo‘ladigan kunlari kiyib reklama qilib sotsa bo‘ladimi? 4-5 soatga, oshib ketsa 8-10. Bu orada kiyim  sifati buzilmaydi(Insha Alloh). Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Kiyimni 4-5 soatga kiyish ham uni aybli holga keltirish hisoblanadi. Oluvchiga reklama uchun kiyganingizni aytib qo‘yishingiz shart. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:45 | Savol-javoblar | 141 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar