Istixora namozining qanchalik ahamiyati bor?

Assalomu alaykum! Ustozlar, savolim istixora namozining kanchalik to‘g‘riligi xakida. Mening bir tanishim uylanmoqchi. U uylanmoqchi bo‘lgan qiz istixora namozi o‘qigan, ya’ni mening tanishimga turmushga chiqsa yaxshimi yo‘qmi ikkilanib istixora namozini o‘qigan va tushida qora tovuq va qora futbolka ko‘ribdi. 10 martadan ortiq istixora o‘qigan, lekin natija o‘zgarmagan. Ular endi nima qilishsin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Qalblari nimaga taskin topsa shuni qilishsin. Istixoradan ko‘zlangan maqsad ham shu. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 19:11 | Savol-javoblar | 166 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar