Ramazonda gunoh
Assalomu alaykum! Bir insondan eshitib qoldim va hayratlandim. Uning aytishicha bir tanishi unga nomahramda bo‘sa olsa ro‘zasi ochilmaydi “Bo‘laveradi” deb aytibdi. Yana sizlarni saytingizdan savol javoblarni yo‘llab isbot ham qilibdi. Savolda «ayolimdan bo‘sa olsam bo‘ladimi va yosh bolani erkalab o‘psa bo‘ladimi» degan savollarni ijobiy javobi ekan. Lekin nomahram qiz, na yosh bola va na haloliku. Hayron qoldim. Buni 2-3 kishidan eshitdim. Savolim quyidagicha:
1. Nomahramdan bo‘sa olsa ro‘za ochiladimi?
2. Alloh man etgan narsani bo‘laveradi, biz uchun yomon emas deyish ham kufr bo‘ladimi?
3. Bo‘laveradi dib aytsa va odamlar bu ishni qilsa bo‘laveradi degan odamga ham gunoh yoziladimi?
4. Bunday insonlar bilan aloqani to‘xtatish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Nomahramdan bo‘sa olish gunoh va zinoning bir turidir, “bo‘laveradi” deyishda kufrning xavfi bor. Fuqaholarimiz “Bir inson gunohni gunoh ekanligini tan olib qilsa fosiq bo‘lsada, kofir bo‘lmaydi. Agar uni go‘zal sanab, haromligini pisand qilmay, o‘ziga halol deb bilsa, kofir bo‘ladi” deganlar. Bu umumiy qoida. Imom Jazariy rahmatullohi alayh “Kim Qur’onni tajvid bilan o‘qimasa gunohkordir” deganlar. Ulamolar Qur’onni tajvidsiz, buzib o‘qiyotgan kishini “juda go‘zal o‘qidingiz(ahsanta-ahsanta)” deyuvchini kofir bo‘ladi deganlar. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 07:46 | Savol-javoblar | 148 | Halol va harom