SAT haqidagi savol davomi
Assalomu alaykum! Avvalgi savol haqida ba’zi tushunmovchilik bo‘ldi. 217862-savolning davomi desa ham bo‘ladi. 1) Agar SAT uchun joy zarur ya’ni topshirish zarur bo‘lsa sotib olish joizmi?(bepul-$500 gacha sotiladi) 2)O‘tgan savolda sotish joiz emas deyilgan, bu agar sotsa harom deganimi?(ba’zi birodarlar shuni ko‘rib ham sotishyapti) 3)joyni bekor qilsa $25 olib qo‘yadi, sotib olsa keyin kerak bo‘lmay qolsa, shu $25 ni o‘zini olib boshqa birovga bersa bo‘ladimi? .Savol berayotganim sababi biz musulmon bo‘la turib bir-birimizni ustimizdan pul ishlayapmiz. Ularga yordam berishni umuman o‘ylamaymiz ham. Biz birlashaylik deyotgan paytda hamma ha shunday deydi. Ammo amalda esa hamma teskari , hamma o‘z foydasini o‘ylaydi, aybni boshqaga to‘nkab ketaveradi. Agar har bitta inson o‘zini isloh qilsa albatta jamiyat tuzaladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Bunday joyni sotish joiz emas. Ammo biror narsa evaziga undan voz kechish mumkin. Sotish bilan voz kechish o‘rtasidagi farq shundaki, avvalgisida ikki taraf bir-biridagi mulkni o‘zaro almashadi, ikkinchisida esa bir taraf mulk beradi lekin uning evaziga hech narsa uning mulkiga o‘tmaydi. Balki narigi taraf o‘z joyiga egalik huquqidan voz kechadi. Shundan so‘ng har kim o‘sha joyni egallashi mumkin. Mulk bergan taraf o‘sha joyni egallashga ulgurmay qolishi ham mumkin.2). Savdo durust bo‘lmaydi. Olgan puli/mulki u uchun halol bo‘lmaydi.3). Pul yo boshqa biror narsa evaziga voz kechishi mumkin. Vallohu a’lam!
23 Avgust 2022, 19:34 | Savol-javoblar | 142 | Moliya va tijorat