Berilgan qarz evaziga duo so‘rash

Assalomu alaykum! Hurmatli sayt ijodkorlari. Mendan taxminan 6 oylar avval ikki uy naridagi qo‘shnim o‘z extiyoji uchun ma’lum bir miqdorda qarz so‘radi va men uni berdim. Albatta yonimda yaratgan Allohdan bo‘lak hech qanday guvohlarim yo‘q edi. Bir necha bor ushbu qarzni qaytarishlarini so‘rab chiqdim lekin qaytarmayapti. Oilasida 4 nafar farzandi bo‘lib, ikki nafar voyaga etgan va tog‘ni ursa talqon qiladigan o‘g‘illari bor. Biri oila qurib chiqib ketgan ikkinchisi jinoyat ishiga qo‘l urib qamalib chiqgan. Aynan shu o‘g‘lini ozodlikka chiqarish uchun olgan edi qarzini. Katta farzandi qiz nogiron. Qo‘shnimni o‘zi zavodda oddiy ishchi bo‘lib ishlaydi. Katta o‘g‘liga kredit evaziga hozirgi namunaviy uylardan olgan. Bilishimcha o‘zining va shu o‘g‘lining oylik maoshi ishxonasi tomonidan shu kreditni to‘lashga yo‘naltirilgan ekan, boshqa daromad manbaidan behabarman. Har gal shu qarzni ming istihola bilan so‘rab chiqaman. Chunki o‘zim qiyinchilik bilan kontrakt asosida ta’lim olib qarzga kirganman. Allohga beadad hamdu sano bo‘lsinki hozirgi kunda jamiyatda o‘z o‘rnimga egaman va nufuzli tashkilotda rahbar bo‘lib ishlayman. Qo‘shnimning yuzidagi hijolatlikni ko‘rib otamni meni o‘qitish uchun qlgan harakatlari yodimga tushib ketaveradi. Kezi kelganda o‘zimdan uyalaman. Savolim shu qarzim evaziga qo‘shnimdan 5 ta narsani Allohdan men uchun so‘rab berishini aytib duo so‘rasam va qarzdan kechganimni aytsam bo‘ladimi? Erkak kishi uchun bunday holat uning g‘ururiga tegib qolmasmikin? Har xolda bir mahalla ikki uyli qo‘shnimiz. Javobingiz uchun oldindan rahmat Alloh bacha ishlaringizni barokatini bersin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar muhtoj bo‘lsa olmaganingiz afzal. Shariatimizda duo qilish uchun ijaraga olish yo‘q. Hadislarda muhtojni qarzini kechib yuboruvchiga katta ajrlar borligi aytilgan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:50 | Savol-javoblar | 176 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar