Beodoblik
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar. Savolim: Hozrigi paytlarda odamlar juda besabir va beodob bo‘lib ketishyotganlarni juda ko‘p kuzatyabmiz. Masalan insonlar mashinada ketayotib boshqa insonga yo‘l bermay va qarama qarshi kelaturib mashinani siqib o‘tib kamiga juda hunik so‘kib ketishyabti. Agar so‘kishiga javob qaytarsangiz, mashinadan tushub do‘pposlay boshlaydilar. Hatto navbatga turganizda sizdan o‘tib indamay oldinga navbatsiz turib oladilar. Bu ham birovni haqqini emoqlikka kiradi desak, ular yana urushishga shoshiladilar. Shunday vaziatlarda, musulmon kishi qanday yo‘l tutishi lozim? Vaqti kelsa uzur so‘rasak ham u odamlar uzuringni pishirib egin deb haqorat qiladilar. Agar kimdir qo‘l ko‘tarsa unga javoban biz ham urishsak bo‘ladimi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bunday o‘rinlarda tartibga chaqiruvchilardan foydalanish joiz. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 07:53 | Savol-javoblar | 175 | Ruhiy tarbiya
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bunday o‘rinlarda tartibga chaqiruvchilardan foydalanish joiz. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 07:53 | Savol-javoblar | 175 | Ruhiy tarbiya