Ish soati masalasi

Assalomu alaykum! Men telegramm kanalida kelgan 4058-savol bo‘yicha savolim bor edi. Qo‘limda ishlaydigan xodimlarga ishga olishda aytganman: “Shunday vaqt keladi tungi 12 largacha qolib ketamiz”, deb. Ular rozi bo‘lishgan. Evaziga men ulardan shartnomadagi bandlarni hammasini to‘liq talab qilmayman. Haq oladigan soati 09:00 da 17:00 gacha, lekin ular ko‘pincha ishga kelmaydi. Men indamayman, lekin vaqti kelganda bir oylab soat 24:00 gacha olib qolaman. Bunda menga gunoh bormi? Ishga olishda aytilgan hammasiga. Rahmat kattakon sizlarga vaqt ajratganlariz uchun.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! O‘zaro rozilik muhim. Eng yaxshisi ish soatlarini hisoblab yuring. Oshganiga pul to‘lang, kelmagan kunlarini chiqarib yuboring. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 13:08 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar