Grin Kard o‘yini

Assalomu alaykum! Grin Kard o‘yinini o‘ynashga va o‘ynatishga shariat nima deydi? Grin Kard haqida qisqacha ma’lumot: Faqat oktabr oyida kishi o‘zi haqigi ma’lumotlarni: ism familiya rasm yashash manzili va hokazolar kiritiladi va anketa to‘lganidan so‘ng yuboradi va unga maxsus tasdiq raqam beriladi va u orqali kelasi yili may oyidan javoblarini tekshiradi. Ishtirokchilar nomi kompyuter yordamida tasodifiy saralash orqali tanlab olinadi. Agar g‘olib bo‘lgan bo‘lsa Amerikaga yashash uchun viza olish uchun America elchixonasiga murojaat qilinadi. Vaholanki lotoreyada g‘olib bo‘lishlik viza olish huquqini bermaydi. Boshqa lotoreyadan farqi bunda pul tikilmaydi ro‘yxatdan o‘tish mutlaqo bepul. Faqat u ingliz tilida to‘ldiriladi va ko‘pchilik til bilmaganligi uchun boshqa bir shaxsga pul berib to‘dirtiradi. Savollar: Grin Kard o‘ynashga shariatda ruxsat bormi?
Agar ruxsat bo‘lsa biron bir kishidan pul olib Grin Kard anketasini to‘ldirib berish joizmi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu shariat harom qilgan lotoreya o‘yiniga kirmaydi. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 08:24 | Savol-javoblar | 175 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar