Grillni eyish
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, fabrika tovuqlarini esa bo‘ladimi? U tovuqlarni so‘yilishi qanaqaligini bilmaymiz. Grill deyishadi pishirib sotishadi, hololmi yoki harommi batafsil aytsangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Fabrika tovuqlarini har birini so‘yishda alohida-alohida “Bismillah”ni aytilsa va to‘rtta tomirdan eng kami uchtasi kesilsa halol bo‘ladi. Bunda ulamolar ittifoq qilganlar. Faqat stanokni yurgazayotganda “Bismillah”ni aytib pichoqni harakatga keltirilsa va tovuqlar birin ketin kelib pichoqdan o‘tsa uni halol yoki haromligida ixtilof bor. Ba’zi bir arab ulamolari joiz desalar, aksar arab ulamolari hamda Pokiston, Hindiston va Mavritaniya ulamolari halol emas deyishadi. Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 11:09 | Savol-javoblar | 157 | Halol va harom