Qarzni o‘rtada turgandan so‘rash
Assalomu alaykum! Men bir kichik gazetani dizaynini tayyorlab berar edim, ular men bilan o‘zlarini bir xodimi orqali gaplashishardi, egalari xizmatim uchun beradigan pullarni ana beramiz mana beramiz deb cho‘zib yurishdi, men o‘rtada turgan akaga mexnat haqqimi berilar deb so‘rasam UKA MEN TURIPMANU, QO‘RQMENG PULIZ QOPKETMAYDI degan. Mana bugunga kelib gazeta yopilib ketgan, egalari raxbarlar esa yo‘q. 1 yildan oshdi xaligacha pulimmi berishmadi. Sizdan so‘ramoqchimanki bir eshitgandim birovni ishlatib uni rozi qilmasa qiyomatda Alloh u bilan xusumatlasharkan. Menga pulimmi endi o‘rtada turgan odam beradimi yoki u majburmasmi bunga? Vaholanki u menga MEN TURIPMANU, QO‘RQMENG PULIZ QOPKETMAYDI degan. Qilayotgan ishlaringizni Allohni O‘zi mukofotlasin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “Men turibmanku, qo‘rqmang puliz qolib ketmaydi” deyishi kafolat hisoblanib, mabodo pul olgan kishi xiyonat qilsa, yoki bera olmasa o‘rtadagi kafil bo‘lgan kishi yonidan to‘laydi. Kafil bo‘lganligi uchun haq olishi joiz emas. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi linkdagi javoblarni o‘qing. Vallohu a’lam!
https://savollar.islom.uz/savol/95820 https://savollar.islom.uz/savol/106826
26 May 2022, 08:02 | Savol-javoblar | 143 | Dolzarb savollar