Qarzni qaytarishga egalarini topish

Assalomu alaykum! Alloh  ilmingizni bundanda yuqori qilsin. Men bundan chamasi 7-8 oy ilgari 4-5 kishi ustalardan jami 100 ming so‘m qarz olgan edim (xar biridan 20-25ming so‘m) Keyin ularni pullarini olib o‘sha joyga borsam vaqt o‘tib ular o‘zlarining viloyatlariga ketib qolishibdi. Ming afsuski ularning telefon raqamini xam bilmayman, ularni topolmaganim uchun vijdonim qiynalmoqda. Nima qilishim kerak? Javob uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Egalarini topib berasiz. Hozir bu qiyin ish emas. Hamkasblaridan, hamqishloqlari yoki tanishlaridan surishtirib barcha choralarini qilasiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:02 | Savol-javoblar | 145 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar