Qarzni qanday qaytaraman

Assalomu alaykum! Holat quyidagicha: O‘tgan yili uyimizdagi bazi yig‘ilib qolgan temir bo‘laklari va bir katta trubani sotmoqchi bo‘ldik va ikki ko‘cha naridagi temir savdosi bilan shug‘illanadigan bir odamni olib keldim. U bilan kelishdik. Katta truba 3 metr chiqdi va uni metrini 40ming so‘mdan baholab 120 ming ga kelishdik. Qolgan mayda chuyda temir tersaklarni metrlab xisoblaymiz deb tursam u odam shoshib turgan ekanmi bilmadim qo‘limga 200 ming tutqazdida «Mana bu pulni oling, 120 mingi katta truba uchun, qolgan mayda temirlarni ertaga kelaman o‘lchab shunga qarab xisoblab olaveraman. Agar qolgan 80ming so‘mga yarasha bo‘lsa bo‘ldi, bo‘lmasa ortiq kamini beraman» dedida ketti. Oradan ancha vaqt o‘tdi. Telefon qildim ko‘p marta javob bermadi. Trubalarni olib keting demoqchi edim. Uyiga ham bordim ish bilan chiqib ketganlar deyishdi. Bir kun ko‘chada ko‘rib qolib aka qachon olib ketasiz desam boraman uka ishim ko‘payib ketdi deb yana anchagacha daragi bo‘lmadi. Bir  kuni o‘zimizga pul zarur bo‘lib qoldi va dadam boshqa xaridor olib kelib sotib yuborgin, avvalgi pulini berib ketgan xaridoring temirlarni olib ketishga kelib qolsa unga shunaqa holat bo‘ldi, kelavermaganiz uchun boshqasiga sotib yubordim, mana berib ketgan pulingiz, deb pulini qaytarib berib yuboraverasan dedilar va men boshqa xaridor topib sotib yubordim. Lekin u umuman kelmadi. Tushinmay qoldim. Bu qilgan ishimiz uni haqqiga hiyonat bo‘lib qoldimi? Endi pulini qay holatda qaytarishimiz kerak? Batafsil tushintirib yozmasam bo‘lmasdi. Savolim uzunligi uchun uzr so‘rayman. Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Olgan pulingizni qaytarasiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:03 | Savol-javoblar | 165 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar