Folbindan qarz bo‘lish

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, bir do‘stim bir yil oldin onasini «ishlaringni yuritib qo‘yadi» degan gapiga kirib folbinga borgan ekan. U vaqtda do‘stim ibodatdan uzoq edi. O‘shanda folbinni pulini bermagan ekan, ammo folbin hozirgacha telefon qilib pulini so‘rayotgan emish. Allohga shukur do‘stimga Alloh hidoyat berdi, hozirda ibodatda bardavom bo‘lib kelmoqda. Qilgan ishidan ming afsusda. Agar folbinni pulini bermasa gunohkor bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bermaslik kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:11 | Savol-javoblar | 145 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar