Shu savdoyimiz to‘g‘rimi

Assalomu alaykum! Biz maishiy texnika vositalari va boshqa narsalar bilan savdo qilamiz. Bizning savdoyimizni 95% qismi “Nasiya savdo”ga sotiladi. Misol uchun naqdga 200ming, 4oyda bo‘lib to‘lashga 350mingga sotamiz. Shunda bir savolim bor edi. Agar tovarni naqda 200mingga sotsak, 4oyga variantga bo‘lsa, shu naqdga sotish narxini 45% 4oyga variantga qo‘shiladi desak shariat qoidalarini buzmagan bo‘lamizmi? Ya’ni naqdga 200ming, 4oyga 290ming desak.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Foiz so‘zini ishlatmang. Odatda bu kabi so‘zlarni sudxo‘rlar ishlatishadi. Sizlar ochiq-oydin naqda 200 nasiyaga 290 deb aytinglar. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 18:18 | Savol-javoblar | 149 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar