Qiyomatni tushda takror ko‘rish
Assalomu alaykum! Ustozlar, men deyarli 1 oyda bir qo‘rqinchli tush ko‘raman. Tushimda er ostin ustun bo‘lyotganini yoki har hil juda qo‘rqinchli hollar sodir bo‘ladi shu payit tushimda qiyomat bo‘lmoqda deb o‘ylayman va har gal qo‘rqanimdan tushimda yig‘lay boshlayman sababi tavba qilmay o‘tganimda qiyomat boshlangandan keyin tavba qabul bo‘lmasligidan shu ko‘yga tushaman. bu tushumdagi holatlar menga hech narsaga alomat emasmikan yoki benomoz bo‘lganim uchun shunday bo‘lmoqdami? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Namozni boshlang. Insonlar oxiratda Alloh taolo ogohlantirmaganligi, bashorat beruvchi, qo‘rqituvchi jo‘natmaganligini hujjat qilmasinlar uchun birinchi o‘rinda aqlni bergan, kitoblar nozil qilgan, kitobni ta’lim beruvchi payg‘ambarlarni yuborgan. Payg‘ambarlardan keyin ulardan merosxo‘r bo‘lgan olimlarni chiqargan. Bu bilan ham kifoyalanmay gunoh ko‘payganda zilzilalar, er yutishlar, tabiy ofatlar shaklidagi ogohlantirishlarni zohir qiladi. Insonni eng yaqin ishonchli ogohlantiruvchisi bu tushlardir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilingan hadisda :حَدَّثَنَا أَبُو الْيَمَانِ، أَخْبَرَنَا شُعَيْبٌ، عَنِ الزُّهْرِيِّ، حَدَّثَنِي سَعِيدُ بْنُ الْمُسَيَّبِ، أَنَّ أَبَا هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: لَمْ يَبْقَ مِنَ النُّبُوَّةِ إِلَّا الْمُبَشِّرَاتُ. قَالُوا: وَمَا الْمُبَشِّرَاتُ؟ قَالَ: الرُّؤْيَا الصَّالِحَةُAbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Nubuvvatdan mujda beruvchilardan boshqa narsa qolmadi», dedilar. «Mujda beruvchilar nima?» deyishdi. U zot: «Solih tushlar», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Albatta, risolat va nubuvvat kesildi. Mendan keyin Rasul ham Nabiy ham bo‘lmaydi», – dedilar.Bu gap odamlarga og‘ir keldi. Shunda u zot:«Lekin mubashshirotlar bordir», – dedilar.«Yo Rasulalloh, mubashshirotlar nedir?» – deyishdi.«Musulmonning tushidir. U, nubuvvatning juzlaridan bir juzdir», – dedilar».Termiziy va Hokim rivoyat qilishgan. Alloh taolo “Mulk” surasida marhamat qiladi :إِذَا أُلْقُوا فِيهَا سَمِعُوا لَهَا شَهِيقًا وَهِيَ تَفُورُ تَكَادُ تَمَيَّزُ مِنَ الْغَيْظِ كُلَّمَا أُلْقِيَ فِيهَا فَوْجٌ سَأَلَهُمْ خَزَنَتُهَا أَلَمْ يَأْتِكُمْ نَذِيرٌ7. Ular jahannamga tashlangan chog‘larida uning hangragan ovozini eshiturlar, u esa qaynab turadir.8. U g‘azabdan yorilib ketay der. Har safar unga yangi guruh tashlanganda, uning xizmatkorlari: «Sizlarga ogohlantiruvchi kelmaganmidi?» – deb so‘rarlar. Agar diqqat bilan razm solib o‘rganadigan bo‘lsak, bu juda ham dahshatli va og‘ir bir holat. «Ular jahannamga tashlangan chog‘larida...» Ha, tashlangan chog‘larida. Kofir va munofiqlarni peshona sochidan, oyog‘idan ushlab turib, jahannamga chirpirak qilib otilmoqda – tashlanmoqda! Buning o‘zi katta azob! «...uning hangragan ovozini eshiturlar...» Ya’ni jahannam eshak hangraganga o‘xshab, hangrab turar ekan. Dunyodagi eng yoqimsiz ovoz eshakning hangrashi ekaniga hamma iqror. Demak, jahannamiylar u erda ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan boshqa azoblar bilan bir qatorda, eng yomon ovozni eshitish azobini ham tortadilar. «...u esa qaynab turadir». Ha, jahannam g‘azabining kuchidan xuddi katta doshqozondek, qattiq qaynab turgan bo‘ladi. Unga tashlangan nobakorlar esa xuddi qattiq qaynab turgan doshqozonga tashlangan donachalarga o‘xshab, sakray boshlaydilar. «U g‘azabdan yorilib ketay der». Ha, jahannam kofir va osiylarni ko‘rganda nihoyatda darg‘azab bo‘ladi. Uning g‘azabi yuqori darajaga chiqqanidan yorilib ketay deydi. Ana o‘shandoq holdagi jahannamga tashlanganlarning holi nima bo‘lishi o‘z-o‘zidan ma’lum. «Har safar unga yangi guruh tashlanganda, uning xizmatkorlari: «Sizlarga ogohlantiruvchi kelmaganmidi?» – deb so‘rarlar». Jahannamning xizmatkorlari kuchli, qo‘pol, beshafqat farishtalardan bo‘lib, ular «zaboniya» va «xazana» deb ataladi. Do‘zaxga qachon kofirlarning yangi guruhi tashlansa, haligi farishtalar do‘q-po‘pisa va azobni yana ham ta’sirli qilish uchun, ulardan «Sizlarga ogohlantiruvchi kelmaganmidi?!» – deb so‘raydilar. Ya’ni «Sizlarga mana shu holatdan ogohlantiradigan payg‘ambar kelmaganmidi, kofir bo‘lishning oqibati yomonligidan sizni ogohlantirmaganmidi? – deydilar. Kofirlarning bu xitobga javoblari keyingi oyatda kelgan:قَالُوا بَلَى قَدْ جَاءنَا نَذِيرٌ فَكَذَّبْنَا وَقُلْنَا مَا نَزَّلَ اللَّهُ مِن شَيْءٍ إِنْ أَنتُمْ إِلَّا فِي ضَلَالٍ كَبِيرٍ9. Ular: «Ha, darhaqiqat, bizga ogohlantiruvchi kelgan edi. Lekin biz (uni) yolg‘onchiga chiqardik va(bekorlarni aytibsan deb): «Alloh hech narsa nozil qilgani yo‘q, sizlar katta zalolatdasizlar, xolos», – dedik», – deyishar. Ma’lumki, kofirlar bu dunyoda payg‘ambarlarni tan olmaydilar. Ularni yolg‘onchi, folbin, aldamchi, deb haqorat qiladilar, fisqu fujur qilaveradilar. Ammo bu ishlari Alloh taoloning nazaridan chetda qolmaydi. Hech bo‘lmaganda, qiyomat kuni do‘zaxga tushayotganlarida, Alloh taolo O‘z adolati bilan ularning o‘z tillaridan xatolarini tan olgan so‘zlarini chiqartirar ekan. Endi kofirlarni do‘zax azobiga olib kelgan sabab haqidagi e’tirofni ularning o‘z tillaridan eshitaylik.وَقَالُوا لَوْ كُنَّا نَسْمَعُ أَوْ نَعْقِلُ مَا كُنَّا فِي أَصْحَابِ السَّعِيرِ فَاعْتَرَفُوا بِذَنبِهِمْ فَسُحْقًا لِّأَصْحَابِ السَّعِيرِ10. Va ular: «Agar quloq osganimizda yoki aql yuritganimizda edi, lovullagan olov sohiblari orasida bo‘lmagan bo‘lar edik», – derlar.11. Bas, ular o‘z gunohlarini e’tirof etdilar. Yo‘qolsin lovullagan olov sohiblari! Chunki ular vaqt o‘tgandan so‘ng afsus qildilar. Bu dunyoda tavba qilganlarida edi, Allohning marhamati keng, ularning gunohlarini kechishi mumkin edi. Ammo vaqti o‘tgandan keyingi e’tiroflaridan ne foyda?! Endi Alloh taolo qiyomat kuni mo‘minlarning xoli qanday bo‘lishini bayon etadi.إِنَّ الَّذِينَ يَخْشَوْنَ رَبَّهُم بِالْغَيْبِ لَهُم مَّغْفِرَةٌ وَأَجْرٌ كَبِيرٌ12. Albatta, o‘z Robblaridan g‘oyibona qo‘rqadiganlar uchun mag‘firat va ulug‘ ajr bordir. ("Tafsiri hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 08:14 | Savol-javoblar | 166 | Dolzarb savollar