Namozda qo‘lga tayanish
Assalomu alaykum! Namozda, sajda holatidan qiyom holatiga qaytayotganda ikki qo‘lga tayanib turish joizmi? Men bu holatni sunnat deb eshitgan edim. Lekin bu holatni imom domlalarimizda uchratmadim. Noo‘rin savol bergan bo‘lsam uzur so‘rayman. Javobingiz uchun avvaldan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yoshlari keksayib qolganda shunday turganlar. Shoshilmasak Alloh taolo bizga ham shu sunnatni nasib qilib qolar. Hozircha u zotning navqiron paytlaridagi suyanmasdan turgan sunnatlariga amal qilib turaylik. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 08:14 | Savol-javoblar | 185 | Ibodatlar