Avf qilingan gunoh bilan qilinmagan gunohning farqi

Assalomu alaykum! Alloh shirkdan boshqa hamma gunohlarni avf qiladimi? Va avf qilingan gunoh degani mahsharda adolat tarozisining gunohlar pallasiga qo‘yilmaydi va bu gunoh tufayli bashar oldida sharmanda bulinmaydi deb tushunish kerakmi? Ya’ni avf bo‘lgan gunoh xuddi qilinmaganday bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shunday deb tushunish kerak. Tavba haqiqiy bo‘lsa, gunoh qilmagan kishi kabi bo‘ladi. عن أبي عبيدة بن عبد الله بن مسعود عن أبيه قَالَ : قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : التَّائِبُ مِنْ الذَّنْبِ كَمَنْ لَا ذَنْبَ لَهُ رواه البيهقي في السنن Abu Ubayda otasi Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi : Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Gunohidan tavba qilgan kishi gunohi yo‘q kabidir” deganlar. Bayhaqiy rivoyati. Astoydil tavba qilganlarning gunohini farishtalarga ham unuttirib qo‘yadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:15 | Savol-javoblar | 132 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar