Qarz o‘rniga buyum

Assalomu alaykum! Bir tanishim mendan 5 kun muddatga 60.000 so‘m qarz oldi va o‘rniga (zalog) bahosi tahminan 300.000 so‘mlik telefon berdi. Muddat tugagach telefoni bermasam menga halol bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Halol bo‘lmaydi. Mabodo vaqtlar o‘tib pulni bermasa 300.000ga sotib, 60.000ni olib qolib qolganini qaytarib berishingiz shart. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 07:10 | Savol-javoblar | 152 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar