virtual sadaqa
Assalomu alaykum! Aziz va biz uchun qadrli ustozlar. Sizlardan bir masala hususida iltimosim bor. Barchamizga ma’lum hozirda Klik xizmati orqali elektron pullar bilan bir qancha amallar bajarsa bo‘ladi, ulardan eng qulayi: telefonlar mablag‘larini to‘ldirish, boshka kartaga pul o‘tkazish va xokazo. Sizlardan iltimosim (ham taklif) ushbu elektron amallar ichiga sadaqani xam qo‘shsak, hoxlagan kishi o‘z telefoni orqali istagan summasini istagan vaqtda xech qanday qo‘shimcha murakkab amallarsiz sadaqa qilsa. Buning uchun masjidlar yoki O‘zbekiston musulmonlar idorasi o‘z hisob raqamini ochsada o‘sha xisob raqamga tashlangan pullar tushsa. Albatta bu meni ojizona taklifim. Sizlardan iltimos shu masalada aniq bir to‘xtamga kelib natija chiqarib beringlar. Sababi, hozirda edektron pullar ancha ommalashdi va ba’zi insonlarda ko‘p hollarda naqd puli yo‘q bo‘lsada plastik katrasida etarli miqdorda pul bo‘ladi, shu bilan birga masjidlardan (masjid atrofidagi sadaqa qutilariga pul tashlashga doim ham imkoni bo‘lavermaydigan) uzoqroqda turadigan va kimga sadaqa qilishini bilmay yoki sadaqaga muxtoj odamni topa olmay yurgan xamyurtlarimizga ham bir qancha qulaylik yaratgan bular edingizlar. Oldindan raxmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Buning echimi O‘zbekiston Musulmonlari Diniy Idorasining vakolatiga kiradi. muslim.uz saytiga murojaat qiling. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 08:17 | Savol-javoblar | 137 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Buning echimi O‘zbekiston Musulmonlari Diniy Idorasining vakolatiga kiradi. muslim.uz saytiga murojaat qiling. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 08:17 | Savol-javoblar | 137 | Moliya va tijorat