Kipriklarni "laminirovanie" qilish

Assalomu alaykum! Alloh ishingizga rivoj bersin, xalqimizni ancha masalalarini echib berayotganilar uchun Alloh sizlardan rozi bulsin! Ayollarga 1 oylik kiprik yopishtirganda taxorat qabul bo‘lmasligini bilib oldik, lekin xozirda kipriklarni "laminirovanie" ya’ni xech qanday kleysiz, avval oziqlantiruvchi mikroelementlarga boy sыvorotka, xoxishga ko‘ra keratinli yoki jelatinli qoplama bilan kiprikni qayrilgan, qalin va uzunroq qilib beradi. Albatta buni kiprikka xam foydasi ko‘p. Shunday qildirsak taxorat qabul bo‘ladimi? 2). Ayollarda sarg‘ish sifat(vыdelenie) kelsa taxorat ketishi xaqida o‘qidik, shunda bizga mustaxab qilish vojibmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Joiz emas. 2). Chiqqan joyidan qancha miqdorga yoyilishiga qaraladi. Buni o‘sha joyga qo‘yib olingan matodan ham bilib olsa bo‘ladi. Miqdori piyolaning ketidan katta joyga yoyilsa yuvish vojib. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 19:29 | Savol-javoblar | 165 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar