Nohaqlik

Assalomu alaykum! Bir inson nomeriga to‘lov qilsa, u nomerini aytdi va to‘lov qabul qiluvchi ham unga nomerni takroran aytganidan so‘ng pul tashlandi. Oradan biroz vaqt o‘tganidan so‘ng mijoz pul tushmadi deb keldi. Nomeri tekshirilganda bitta raqam xato aytilgan ekan. Mijoz men unday aytmaganman deb turib oldi. To‘lov qabul qiluvchi ham unga siz adashib aytdiz dedi. To‘lov vaqtida mijoz nomerini aytganida yonida turgan odam ham eshitgan edi va u mijozga qarab siz adashdiz dedi. Lekin mijoz tan olmadi. Mijoz to‘lov qabul qiluvchini qarg‘ab chiqib ketdi. Bu erda kim ayibdor? Uning duosi ijobatmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Haq kim tomonda bo‘lsa, o‘shani duosi ham ijobat. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:24 | Savol-javoblar | 160 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar