Nikoxsiz yurish

Assalomu alaykum! Men ayolim bilan qonuniy ajrashganman, lekin u sud orqali mening uyimda farzandlarim bilan yashab yuribti(ular mening tarbiyamda edi). Uch yildan oshdi u bilan birga yotmaymiz. Bu orada rossiyaga xam borib keldi. Farzandlarim men bilan bo‘lgani uchun boshqa ayolga uylana olmadim. Chunki ular boshqa ayolni qabul qilmasligi aniq. Aytingchi, bunday xolda nikoxsiz yurishim xarommi yoki boshqa ayol bilan nikox o‘qitib o‘sha ayolnikida yoki boshqa joyda yashab yursam joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Boshqa ayolga uylanishingiz joiz. Vallohu a’lam!

14 Oktabr 2022, 15:24 | Savol-javoblar | 316 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar