Maslaxat beringlar
Assalomu alaykum! Moskvada ishlayman, birga ishlaydigan ayollardan biri meni masjidga olib bor, duo qilmoqchiman dedi. Men unga, “sen nasroniy bo‘lsang masjidda nima duo qilasan” deb so‘radim. Aytishicha o‘zi uchun judayam qadrli bo‘lgan musulmon insonini farzandi yo‘q ekan. Shuni xaqqiga farzand so‘rab duo qilmoqchi ekan. Men oldin bu xaqda biror ahli ilmdan so‘rab ko‘ray, unga qarab javob aytaman dedim. Iltimos maslaxat beringlar. Alloh ilmingizni bundanda ziyoda qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Masjid qoidalariga rioya qilgan holda kirib duo qilsa shar’an mone’lik yo‘q. Siz bu vaziyatdan foydalanib qoling. Masjid xodimlaridan iltimos qiling, unga dinni tushuntirishsin. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 08:24 | Savol-javoblar | 135 | Dolzarb savollar