Oylaviy bog‘cha faoliyati

Assalomu alaykum! Xududimizda maxallamiz bolalari uchun bog‘cha yo‘q o‘zim xam bolalarim yoshligida bog‘chaga olib borib kelishda qinalganligim tufayli maxalla uchun savob umidida xonadonimda oylaviy bog‘cha ochganman. O‘zim xam xo‘jaynim xam davlat ishida ishlaymiz daromadimiz yaxshi bolalar uchun sharoitlarimiz yaxshi yaratilgan oylaviy bog‘cha uchun qo‘limizdan kelgancha xizmat qilishga tayyormiz qizim ingliz tilidan bolalarga bepul dars beradi vznos boshqa bog‘chalarga qaraganda ancha arzon. Bolalar uchun oziq ovqatni o‘zimiz olib kelamiz ta’minotchi orqali bizga davlat tomonidan pul ajratiladi. Ba’zida bir bola uchun belgilangan taom summasi ko‘plik qiladi shu ortgan summadan bolalarni o‘zlari uchun kerakli jixozlar uchun sarflayman davlat jixozlar bilan taminlamaydi. Bolalar uchun beriladigan taomdan oylam bilan istemol qilsam bo‘ladimi ro‘zg‘or uchun bozorligimiz xam qo‘shilib ketadi. Savob qilaman deb gunoxkor bo‘lib qolmayapmanmi?  Maqsadim elimga foydam tegsa.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Savob qilishingiz o‘z yo‘liga, lekin bu birovlarning mulkini sizlarga halollab bermaydi. Bolalarni bergan pullariga kelgan narsalarni ro‘zg‘orga ishlatishingiz joiz emas. Agar ishlatgan bo‘lsangiz o‘rniga qo‘yib qo‘yinglar. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 21:42 | Savol-javoblar | 152 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar