Namoz masalalari

Assalomu alaykum! Namoz haqida bazi tushunmayotgan joylarim bor edi, iltimos javob bersangizlar. Savollarim quyidagicha: 1). Namozda yolg‘iz yoki jamoat bilan o‘qiydigan kishi Atthiyyat, Solli, Barik va yana boshqa kichik ruku-sajda tasbehlarini o‘ziga eshitilmaydigan darajada qilib yoki umuman qalbida o‘qisa bo‘ladimi?
2). Namozlarimni ko‘pida oxirgi rakatidagi qada o‘tirishda Attahiyyatdan so‘ng Solli Borik duolarini o‘qiyotganimda chalkashtirib yuboraman. Bazan Solli ikki marta bo‘lib ketadi bazan Barik esdan chiqib qoladi. Savolim yuqorida sanab o‘tilgan 2 holatda ham qanday yo‘l tutilishi kerak? Javob uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). O‘zingiz eshitadigan darajada o‘qishingiz kerak. 2). Bu holatda sajdai sahv vojib bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:26 | Savol-javoblar | 173 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar