Franshiza biznesi

Assalomu alaykum va rohmatullohi va borakatuhu. Alloh taolo qilayotgan ishlaringdan rozi bo‘lsin. Meni savolim Online biznes ya’ni Franshiza biznesi haqida! Men 1000dan ortiq har xil sohadagi darsliklarni sotaman, ularni ichida xozirgacha dinimiz taqiqlagan, dinimizga zid kelidigon sohani ko‘rmadim. U darsliklarni ko‘pini You Tube va boshqa ijtimoiy tarmoqlardan ham topsa bo‘ladi, bu sohalarni hammasi ijtimoiy tarmoqlardan bitta jo‘yga to‘plangan. Bitta darslikni ichida video darsliklar, tekslar va rasmlar bilan tushuntirilgan. Juda qimmat darsliklar ham arzon narxda jo‘ylab qo‘yilgan. Bu darsliklarni bitta jo‘yga to‘plab sotish firibgarlik bo‘lib qolmaydimi, lekin ko‘pchilik manfaatdor bo‘lyapti va o‘ziga yoqqan sohani o‘rganib pul topayotganlar ham oz emas! Masalan dasturchilik, grafik dizayner, sayt yaratish, pishiriqlar, to‘qimachilik va har xil master klasslar va shunga o‘xshash sohalar. Hamma o‘zi hoxlagan soha bilan shug‘ullanadi. Men shu darsliklarni sotish bilan shug‘ullanaman. Franshiza biznesiga qo‘shilishning narhi 150ming so‘m. 150ming so‘m to‘lansa biz uni biznes guruhimizga qo‘shamiz va fo‘ydaga kirgunicha unga o‘rgatamiz, ya’ni ungaham Franshizani, darsliklarni qanday qilib sotishni o‘rgatamiz. Men kuniga 150-300ming so‘m pul topaman, guruhimizda bir kunda 1mln so‘mdan ham ko‘p pul topidigonlar bor. Men bitta odamga sotsam 150, ikta odamga sotsam 300ming, bu pullar judaham oson qo‘lga kiritilyapti, hechqanday qiyinchiliklarsiz! Qalbimda shubha bor, bu ish xalolmasdek tuyulyapti. Manashu qilayotgan ishimiz va topayotgan pullarimiz xalolmi? Bu bergan savolimni javobini shu ish bilan shug‘ullanayotgan juda ko‘pchilik o‘qiydi, iltimos to‘liqroq javob berishlaringizni hurmat bilan so‘rab qolaman! Alloh taolo hammalaringdan rozi bo‘lsin. Assalomu alaykum va rohmatullohi va borakatuhu!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz. Vallohu a’lam!
20 Aprel 2022, 19:59 | Savol-javoblar | 104 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar