yajuj majuj jinmi
savol, javoblardan tushunishimcha yajuj majuj qavmi jinlarmi? ALLOH SIZNI JANNAT BN MUKOFOTLASIN OMIN!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Jinlar emas. Ya’juj-Ma’juj Qiyomatning bu alomati haqida Qur’oni Karimning «Kahf» va «Anbiyo» suralarida oyatlar kelgan. Alloh taolo «Kahf» surasida:
«Ular: «Ey, Zulqarnayn, albatta, Ya’juj va Ma’juj er yuzida buzg‘unchilik qilguvchilardir. Biz senga xaroj bersak, biz bilan ularning orasida to‘siq qilib berurmisan? » dedilar», degan (94-oyat). O‘sha ikki tog‘ orasidagi biron gapni anglamaydigan qavm Zulqarnaynga Ya’juj va Ma’jujdan shikoyat etdilar. Ularning er yuzidagi buzg‘unchiliklaridan arz qildilar. «Ular: «Ey, Zulqarnayn, albatta, Ya’juj va Ma’juj er yuzida buzg‘unchilik qilguvchilardir». Ya’juj va Ma’juj haqida ham juda ko‘p gaplar bor. Bu ham taxminiy gaplardan iboratdir. Biz esa o‘z odatimizcha, Qur’oni Karimdagi ma’lumotlar bilan kifoyalanamiz. Shunisi xayrli. «Biz senga xaroj bersak, biz bilan ularning orasida to‘siq qilib berurmisan? » dedilar». Mazkur qavm Zulqarnayndan, agar xaroj to‘plab bersak, o‘sha Ya’juj va Ma’jujlar bilan bizning oramizga to‘siq qurib berasanmi, deb so‘radilar. Shu bilan ularning hujumlaridan, buzg‘unchiliklaridan qutulmoqchi bo‘ldilar. Zulqarnayn mazkur qavm bilan Ya’juj va Ma’juj orasida radm–ulkan va mustahkam to‘siq qura boshladi. Dastlab:
«Menga temir parchalarini keltiring», dedi. Ya’ni, odamlarni temir topib kelishga buyurdi. Ular olib kelgan temir parchalarini o‘sha ikki tog‘ orasiga to‘plata boshladi.
«Nihoyat, ikki tog‘ tomonlari ila barobarlashganda: «Dam uringlar», dedi». Ya’ni, temir parchalarini to‘plab-to‘plab, ikki tog‘ orasini to‘ldirdilar. Undan keyin Zulqarnayn bosqonlar bilan dam urib, temirlarni qizitib, eritishga kirishdi.
«Nihoyat, u(to‘p temir)ni o‘tga aylantirgach: «Olib kelinglar ustidan mis quyaman», dedi» (96-oyat). Ya’ni, ikki tog‘ orasiga to‘plangan temirni bosqonlar bilan dam urib alangalatib, eritib olov holiga keltirdilar. Ana shunda Zulqarnayn odamlariga, endi eritilgan mis olib kelinglar, olov bo‘lib turgan temir ustidan quyaman, dedi. Mis aralashgan temir yanada mustahkam bo‘lishi yaqinda kashf etildi. Demak, o‘sha zamonda ham Zulqarnayn Alloh unga bergan ilm orqali bu sirni yaxshi bilgan va juda mustahkam devor qurib, haligi qavmning Ya’juj va Ma’jujning hujumlaridan saqlanishiga yordam bergan.
«Bas, ular uning ustiga chiqa olmadilar, uni teshib ham o‘ta olmadilar» (97-oyat). Ya’ni, Ya’juj va Ma’jujlar Zulqarnayn qurgan radm–devor to‘siq ustiga chiqa olmadilar va ular uni teshib ham o‘ta olmadilar. Zulqarnaynga Ya’juj va Ma’jujdan shikoyat qilib yordam so‘ragan qavmlar omonlikka erishdilar. Zulqarnayn ishni juda ham puxta amalga oshirgan edi. Imom Ahmad ibn Hanbal roziyallohu anhu Sufyoni Savriy roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning zavjai mutahharalari ummul mo‘miniyn Zaynab binti Jahsh onamiz quyidagilarni aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uyqularidan yuzlari qizargan hollarida «Arablarning holiga yaqinlashgan yomonlikdan voy bo‘lsin, bugun Ya’juj va Ma’juj radmi –saddidan mana shuncha ochildi», deb turdilar, bosh va ko‘rsatkich barmoqlarini halqa qilib ko‘rsatdilar. Men: «Ey, Allohning Rasuli, ichimizda ahli solihlar bo‘la turib halok bo‘lamizmi? » dedim. «Ha, agar yomonlik ko‘paysa», dedilar u zot». Shuningdek, Imom Muslim, Imom Termiziy, Imom Ibn Moja, Imom Ahmad, Imom Abu Dovudlarning rivoyatlarida ham Ya’juj va Ma’juj haqida xabarlar kelgan. Alloh taolo «Anbiyo» surasida:
«Nihoyat, Ya’juj va Ma’juj ochilib, ular har bir tepaliklardan oqib kelganlarida. Va haq va’da yaqinlashgandagi holni ko‘rsang, kufr keltirganlarning ko‘zlari chaqchayib: «Holimizga voy! Bizlar bundan g‘aflatda edik. Yo‘q! Bizlar zulm qilguvchilar edik», derlar», degan (96-97-oyatlar). «Kahf» surasida aytib o‘tilganidek, qiyomatning alomatlaridan biri–Zulqarnayn qurgan sadd-to‘g‘on ochilib, Ya’juj va Ma’jujlar chiqib ketishidir. Ushbu oyatda: «Nihoyat, Ya’juj va Ma’juj ochilib, ular har bir tepaliklardan oqib kelganlarida» deb aytilmoqda. Demak, ular juda ko‘p bo‘lib, ko‘pliklaridan yurganlarida xuddi sel oqqandek oqib kelar ekanlar. «. . . Va haq va’da yaqinlashgandagi holni ko‘rsang. . . » Ya’ni, qiyomat qoyim bo‘lgandagi holni ko‘rsang, uning dahshatidan, qo‘rqinchi va azobidan «. . . Kufr keltirganlarning ko‘zlari chaqchayib», ya’ni qotib qoladi. Ko‘zlarini yuma olmaydilar. Ayni paytda, o‘z hollariga yig‘lay boshlaydilar: «Holimizga voy! Bizlar bundan g‘aflatda edik». Ya’ni, qiyomat qoyim bo‘lib, hamma qayta tirilib, so‘roq-savol, hisob-kitob, jazo-mukofot bo‘lishidan g‘aflatda edik. Bunday bo‘lishini o‘ylab ko‘rmagan edik. «Yo‘q! Bizlar zulm qilguvchilar edik», derlar». Yo‘q, biz g‘aflatda emas edik. Balki bilib turib tayyorgarlik ko‘rmagan edik. Ishonmagan edik. Zulm qilgan edik, derlar. Aqoid ilmi ulamolarimiz Ya’juj va Ma’juj haqidagi oyati karima va hadisi shariflarni mukammal o‘rganishib, quyidagi xulosani aytadilar: «Ya’juj va Ma’juj juda ham ko‘p sonli bir qavm bo‘lib, ularning chiqishlari qiyomatning alomatlaridan bir alomatdir. Ular er yuzini fasodga va xarobga to‘lg‘azadilar. Ularning qachon chiqishini esa Alloh taolodan boshqa hech kim bilmaydi».
20 Aprel 2022, 19:59 | Savol-javoblar | 170 | Turli savollar