Kelishmovchilik haqida

Assalomu alaykum! Men 9 yil avval taqvodor, nomozxon, yaqin qarindoshlarimni qo‘llariga ishga kirib 9 yildan so‘ng shaxsiy kelishmovchiliklar sabab, xo‘jayinlar xohishi bilan orani ochiq qildik. Bo‘shatgandan so‘ng “sen bu 9 yil qilgan ishni qilishga xaqqing yo‘q, bu soxada ishlamaysan, biz sendan norozi bo‘lamiz, senga topgan puling harom bo‘ladi” deb aytishyapti. Shunga shu xo‘jayinlarim gapirgan gaplariga nisbatan sizlarni fikringizni bilish uchun murojat qildim.
Hozirda boshqa do‘konchilar menga ish taklif qilishyapti. Shu boshqa do‘konga ishga kirib ishlab ish yuritsam bo‘ladimi? Chunki meni ham oilam ota-onam 3 farzandim bor, oilamni boqish meni zimmamda va men xech qachon ichkilik va boshqa harom narsalani istemol qimaganman. Javobingiz uchun oldindan katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar o‘sha kasb qarindoshlaringizni mualliflik huquqlariga kirmasa, u kasbni davom ettirishda shar’an mone’lik yo‘q. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:35 | Savol-javoblar | 140 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar