Qur’on bilan davola

Assalomu alaykum! Men tib va islom saytida “Qur’on bilan o‘zingni davola” degan sarlavhani o‘qib qoldim. Saudiya Arabiston qirolligida rakni Qur’on oyatlari bilan dam solib davolagan kishining qaysi sura oyatlar bilan dam solgan ro‘yxatini yozilgan ekan. Tushunmagan joyim “Baqara” surasining oxirgi oyatlari deyilgan. Bunda 285-286-oyatlar nazarda tutilganmi? Yana oyatlar etti marotabadan o‘qilishi kerak deyilgan, bunda “Fotiha” etti marotaba undan keyingi etti marotaba shu tarzda o‘qiladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Har birini etti martadan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:41 | Savol-javoblar | 190 | Administrator
|
Boshqa savol-javoblar