Taklif bilan murojaat
Assalomu alaykum!Kuni kecha BOLAJON kanalidagi multfilmga ko‘zim tushib qoldi va juda xam ranjidim. O‘zimizning xozirgi davrda chizilayotgan multiklar. Unda folbin bilan Shox o‘rtasidagi suxbatda: seni bosh folbin qilaman va shu kabi bema’ni gaplar va oxirida o‘sha folbin: bo‘ldi endi boshqa fol ochmayman deb, bir kitobni otib yuboradi. Shamol esa uning betlarini varaqlaydi, qarasam u kitobda yozilgan narsalar arab yozuvida. Endi shu va shu kabi narsalarni ko‘rgan farzandlar ongida nima shakllanadi. Afsus. Menimcha BOLAJON kanalini kerakli narsalar bilan to‘ldirolmay, ana shu xolatga duch kelib qolindi, chunki bu narsalar u erda ko‘p qaytariladi. Mening iltimosim va yoki taklifim shundan iborat: Mablag‘i bor tashkilot yoki insonlar media markazlariga borib, tarbiyaviy, o‘rgatuvchi, anglatuvchi, fikrni shakllantiruvchi, inson tarixini va u nega aynan inson bulib yaralganligini, insonlararo munosabatlarni shakllantiruvchi, mexr oqibat va shu kabi minglab mavzularda multfilmlarga buyurma bersalar, menimcha xammaga foyda. Uni tamosha kilganga xam uni chizdirganga xam, uni chizganga xam, uni televideniyaga moslashtirib taqdim etganga xam. O‘zbekistonda nechta bola BOLAJON kanalini ko‘radi va albatta shundan tarbiya oladi, nega, chunki xozirda ota-onalar bollarni televizorga topshirib qo‘yishgan. Shunday ekan televizordan to‘g‘ri foydalanib savobga xam ega bo‘laylik. Ba’zi ota-oanlar qatnashmas ekan, bolalar to‘g‘ri tarbiyalansin uchun, televideniyani foydali kontent bilan to‘ldirishga bel bog‘laylik. Albatta bu fikrlarimning xammasi emas, lekin Alloxdan umid kilaman va sizlardan buni muxokama qilib ko‘rishlaringizni so‘rab qolaman, balki men adashayotgandurman. Sizlarga yozganimning sababi esa, alabtta bu kabi ishlarning boshida musulmon tursa, maqsadga muvofiq buladi deb o‘ylaganimdan. Tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Baraka toping, sizga katta rahmat. Siz kabi ahloq va odob fidoyilariga Alloh ajru savoblarni ko‘paytirib bersin. Juda ham dolzarb taklif. Biz ham duo qilamiz, Alloh barcha musulmonlarni muvaffaq qilsin. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 08:39 | Savol-javoblar | 146 | Ta’lim va muta’allim
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Baraka toping, sizga katta rahmat. Siz kabi ahloq va odob fidoyilariga Alloh ajru savoblarni ko‘paytirib bersin. Juda ham dolzarb taklif. Biz ham duo qilamiz, Alloh barcha musulmonlarni muvaffaq qilsin. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 08:39 | Savol-javoblar | 146 | Ta’lim va muta’allim