Pulni qaytarishni talab qilishim joizmi?

Assalomu alaykum! Bir buyumni yasatish uchun oldindan pul berilsa va usta uni kelishilgan vaqtda yasab bermasa. Pul bergan kishi buyumni olishdan bosh tortib, pulni qaytarishni talab qilsa bo‘ladimi? Va bu xolatda ustaning pulni qaytarmaslikka shar’iy tomondan haqqi bormi yoki yo‘qmi? Javobingiz uchun oldindan rahmat. Alloh qilayotgan ishlaringizni yaxshilik bilan mukofotlasin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Kelishilgan vaqtdan kechiktirsa ham oladi. Ammo buyurtma qilingan narsani sifatini boshqa qilib tayorlagan bo‘lsa, unda olmaslikka haqqi bor. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:40 | Savol-javoblar | 159 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar