Namozning qabul bo‘lishi
Assalomu alaykum! Bir odamning so‘zlari, yurakka yoqimsiz hislarni olib keldi.
U odamni aytishicha, kimniki namozi to‘liq holda bo‘lsa uni Alloh jannatga kiritadi. Kimni namozi to‘liq holda bo‘lmasa, dangasalik bilan yo mas’uliyatsizlik qilib o‘qimay kam-ko‘stli qilsa, uning ustida Allohning va’dasi yo‘q, xohlasa azoblaydi, xohlasa kechirib jannatga kiritadi.
Xo‘sh kim, mening namozim to‘liq, deya oladi?! Bir inson ibodatni kam-ko‘stli qilsa-yu, so‘ng tavba qilib ibodatda bardavom bo‘lsa ham, ibodati chala, degan nom bilan qolaveradimi?!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ibodatlarni bajarishda inson hamma tomonlama to‘liq bajarishga qattiq urinishi kerak. Qo‘lidan kelganicha, bor imkoniyat va choralarini qo‘llab bajarsa, inshaa Alloh to‘g‘ri va qabul ibodat bo‘ladi. Fiqhiy kitoblarimizda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan vorid bo‘lgan hadislar ila keltirilgan namozni barcha ruknlarini ado qilgan odamning namozi to‘liq bo‘ladi. Ulardan kam qilsa nuqsonli bo‘ladi. Nima bo‘lganda ham Allohdan qo‘rqish va umidvorlik ila ibodatda davom etish mo‘minning vazifasi hisoblanadi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 08:41 | Savol-javoblar | 153 | Ibodatlar