Tabib mahrammi?

Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar, agar ayol kishi kasal bo‘lib qolsa tabib yoki bo‘lmasam doktor(erkak kishi)ga borilsa tabobat xodimi maxram xisoblanadimi? Maxramlar er va ayolning aka, uka, ota, amakilari xisoblanishi ma’lum lekin doktorlar maxram ekanligini fatvo bergan domlalarni eshitib sizlardan so‘rashga qaror qildik.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Doktorni nasabiy yoki emikdoshlik yoki nikoh orqali mahramligi bo‘lmasa uni mahramlar safiga qo‘shish Alloh taoloning oyatiga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislariga qo‘shimcha kiritish, ya’ni dinga qo‘shimcha kiritish hisoblanadi. Bu esa o‘ta og‘ir gunoh bo‘lib, Alloh va rasuliga yolg‘on to‘qishdir. Alloh taolo “An’om” surasida marhamat qiladi:  وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ افْتَرَى عَلَى اللّهِ كَذِبًا أَوْ كَذَّبَ بِآيَاتِهِ إِنَّهُ لاَ يُفْلِحُ الظَّالِمُونَ۝ 21. Allohga nisbatan yolg‘on to‘qigan yoki Uning oyatlarini yolg‘onga chiqargan kimsadan ko‘ra zolimroq kim bor? Albatta, zolimlar zafar topmaslar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadislarida: قَالَ أَنَسٌ رَضِي اللهُ عَنْهُ: إِنَّهُ لَيَمْنَعُنِي أَنْ أُحَدِّثَكُمْ حَدِيثًا كَثِيرًا أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ تَعَمَّدَ عَلَيَّ كَذِبًا فَلْيَتَبَوَّأْ مَقْعَدَهُ مِنَ النَّارِ. رَوَاهُ الْأَرْبَعَةُ
وَلِمُسْلِمٍ: إِنَّ كَذِبًا عَلَيَّ لَيْسَ كَكَذِبٍ عَلَى أَحَدٍ فَمَنْ كَذَبَ عَلَيَّ مُتَعَمِّدًا فَلْيَتَبَوَّأْ مَقْعَدَهُ مِنَ النَّارِ
 Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Mening sizlarga ko‘p hadis aytishimni man qiladigan narsa Nabiy sollallohu alayhi vasallamning: «Kim menga qasddan yolg‘on to‘qisa, do‘zaxdagi o‘rindig‘ini olaversin», deganlaridir», dedi».
To‘rtovlari rivoyat rivoyat qilganlar.
Muslimning rivoyatida:
«Albatta, menga yolg‘on to‘qish boshqa birovga yolg‘on to‘qishdek emas. Kim menga qasddan yolg‘on to‘qisa, do‘zaxdagi o‘rindig‘ini olaversin», deyilgan.  ("Hadis va Hayot" kitobidan).
Fiqhda “Zarurat holati qaytarilgan ishlarni ham qilishga ijozat beradi” degan qoida bor. Birorta domla yuqoridagi gapni aytgan bo‘lsa shu qoidaga asosan aytgan bo‘lishi mumkin. Shunda ham mahram bo‘ladi degan gapi noto‘g‘ri. Zaruratning ham chegarasi bor. Isitma kirsa ham ayol doktor turib erkakka yonboshini ochib berishi to‘g‘ri emas. Yoki erkak doktor bo‘laturib hamshiralarga ochib berishi ham to‘g‘ri emas.  Bunday qilish shar’an joiz emas. Holat shu darajaga etsaki undan boshqa mutaxassis mutlaqo topilmasa boshqa gap. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:41 | Savol-javoblar | 188 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar