Mavlonjon pir haqida

Assalomu alaykum! Men Qur’on o‘qishni urganyotgan edim. Ahli ayolimga ham o‘rgatyotgan edim. Mahallamizda bir ilimli ayol meni ayolimga kitob o‘qiyapsiz ekan, atrofizda kitob ko‘targan ayollar turibdi debdi. Ayolim ha xo‘jaynimdan o‘rganyapman debdi. U ayol Qur’onni birinchi kitobga yozgan Mavlonjon pirga oxlik berib qo‘yilar debdi. Qur’onni sahoba roziyallohu anhumlar yozganlarini bilar edim, lekin Mavlonjon pirni eshitmagan ekanman. Ustozimdan so‘rasam O‘rta Osiyolik olim dedi. Sizlardan so‘rashni lozim deb bildim. Alloh ilimlarizi ziyoda qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Dinimizda bunday gap yo‘q. Unday gaplarni ilmsiz va bid’atchi odamlar to‘qishadi. Ammo o‘tgan ustozlar haqqiga duolar qilish bor. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:42 | Savol-javoblar | 157 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar