Bu taqvomi?
Assalomu alaykum! Taqvo qilib ko‘chada sotilayotgan tovuq go‘shtlari, kolbasa va hokazolarni emay qo‘ygandim. Ishxonada ayrim holarda ovqatga tovuq go‘shti, salatga kolbasa aralashtirib qo‘yganidan ko‘ngil g‘ash bo‘lib ilojsiz eyman. Bu taqvomi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Haromligi aniq bo‘lmasa yomon gumon qilmang Shariatimizda ikki narsa asosiy qoida qilib olingan. Birinchisi: Asli harom bo‘lgan narsaning shar’iy yo‘l bilan halol qilingani sobit bo‘lmagunicha u haromligicha qoladi. Masalan, go‘shti eyiladigan hayvonlar shariatga muvofiq so‘yilmasa, ularning qoni chiqib ketmagani va Allohning ismlaridan birortasi zikr qilinmagani uchun go‘shti haromligicha qoladi. Tasmiya aytib so‘yilgani aniq bo‘lgachgina halol deb hukm qilinadi. Ikkinchisi: Asli halol bo‘lgan narsalarning biror yo‘l bilan harom qilingani sobit bo‘lmasa, ular halolligicha qoladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 08:47 | Savol-javoblar | 146 | Dolzarb savollar