Xorijiy o‘qishdan stipendiya olish uchun yolg‘on
Assalomu alaykum! Men xorijga (Italiya) o‘qishga ketish maqsadida shu yo‘nalishda faoliyat yurutuvchi firma bilan kelishib qo‘ygandim. Uning shartiga binoan ular mening xujjatlarimda ko‘maklashib, 100 foizlik grant va yillik 4 ming evro stipendiyaga ega bo‘lsam ularga viza chiqqach 20 million so‘m to‘lashim kerak. Stipendiya va grant uchun ma’lum iqtisodiy shartlar bor edi va mening oilaviy daromadim bu chegaraga tushmasligi bois ular otamning oylik ma’lumotnomalari o‘rniga mendan otam davlat ishxonasida ishlamasligi to‘g‘risida maxalladan ma’lumotnoma olishimni so‘rashdi. Bu xaqidagi ma’lumotnomaga esa otamni vaqtincha ishsiz deb yolg‘on ma’lumot qo‘shib, menga stipendiya va grant olib berishmoqchi. Men bunday yo‘l orqali stipendiya va grant olishim xarom bo‘ladi deb ko‘nmadim. Firma esa shuncha xujjat tayyor bo‘lganda maydalashyapsan agar voz kechadigan bo‘lsang bizni xizmatimiz uchun rozi qilishing kerak deyishdi. Vaxolanki dastlab 1 million so‘m aynan ish boshlash uchun berganman va keyinchalik xam xamma xujjatim uchun o‘zim borganman va tarjima xarajatlarini xam qoplaganman. Ushbu xolatda nima qilsam bo‘ladi? Xammasini bekor qilib, firmaga xech qanday to‘lov qilmasam to‘g‘ri bo‘ladimi(xuquqiy jixatdan to‘g‘ri bo‘larkan)?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yolg‘on ma’lumot ko‘rsatmayman deb to‘g‘ri aytibsiz. Aslida grantni kam ta’minlangani uchun emas bilimi haqiqatan grant olib o‘qishga etadigan bolalar uchun ajratiladi. Ular unday yolg‘on ma’lumotnoma qilib emas sizni qo‘shimcha o‘qituvchi va kitoblar bilan ta’minlab o‘qishga tayyorlashlari va grantga kirgizib haq olishlari kerak edi. Ularni ishlari ham firibgarlik va yolg‘on ustiga qurilmasligi kerak. Ularni qilib bermagan yoki yolg‘ondan qilmoqchi bo‘lgan ishlariga haq bermaslikka haqlisiz. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 06:22 | Savol-javoblar | 133 | Turli savollar