Shunday holda yolg‘on ishlatish mumkinmi?

Assalomu alaykum! Agar biror bir davrada o‘tirish sizga yoqmasa o‘sha davradan yolg‘on ishlatib chiqib ketsa boladimi? Masalan sinifdoshlarim bilan yig‘ilganimizda ular aroq ichishadi. Shunga ular bilan xech gapim qovushmidi. Ular ham mani uncha yoqtirishmidi(2-3 ta sinfdoshlarim bilan yaxshiman lekin). Shu davradan uydagilar chaqirishvotti yoki ishim bor deb yolg‘on ishlatib chiqib ketsa bo‘ladimi? To‘g‘risi shunaqa yoqimsiz davralarga tez-tez tushib turamiz. To‘ylarda ham shunga o‘xshash holatlar bo‘lib turadi.
Onam olamdan o‘tib ketganlar, Alloh rahmatiga osin. Qurbonlik so‘yganimizda ularga ham savobi etib borishini niyat qilsam bo‘ladimi? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Musulmon yolg‘on gapirishi shart emas. Aksincha to‘g‘risini aytib, o‘zini musulmonligini va musulmon qanday bo‘lishini da’vo qilib qolmay amalda ham ko‘rsatish kerak. O‘tganlarning nomidan qurbonlik qilish joiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:49 | Savol-javoblar | 146 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar