G‘usldagi holat

Assalomu alaykum! Alloh ilmingizni ziyoda qilsin. Kishi g‘usl qilayotgan chog‘ida ya’ni butun badanni yuvib bo‘lib faqat burinni chayishlikka kelganda el chiqsa, kishi butun badanni qaytatdan chayadimi yoki burinni chayib tugallab qo‘yaveradimi? Avvaldan katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Burinni o‘zini chayib tugataveradi. Lekin u g‘usl bilan namoz o‘qilmaydi. Namoz uchun alohida yangi tahorat olish kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:03 | Savol-javoblar | 137 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar