Arendadagi mashinalardan zakot beriladimi?

Assalomu alaykum! Ustozlar, 4 ta mashinam arendada, ota-onam 500 ming so‘m nafaqa olishadi, ukam 1.000.000 so‘m oylik oladi, o‘zim Koreyada ishlayman va 2000 dollar jo‘nataman. Mani pulim to‘planadi. 4 mashinani arenda puli, ukamni oyligi va ota onamni nafaqasi ro‘zg‘orga ketadi. Savolim shuki 4 ta moshinaga zakot beramanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Mashinalarning ijarasidan tushgan pulni boshqa pullarizga qo‘shib zakot berasiz. Mashinalarning qiymatidan zakot bermaysiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:51 | Savol-javoblar | 167 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar