Berilimay qolib ketgan zakot
Assalomu alaykum! Meni xo‘jayinim 2015-yildan buyon mustaqil pul topgan va extiyojidan ortganini yig‘ib borgan xozrgacha, lekin qachon puli nisobga etganini har yili qancha o‘sganini bilmaydi. Inshaolloh buyog‘iga zakotlarini ado qilmoqchi. Shu kungacha yig‘ilgan pulni 1/40ni bersak 5yillik zakoti ado bo‘ladimi? Bo‘lmasa qay tartibda berishni hisoblab bering iltimos, juda boshimiz qotdi. 2. Bu yil 5000$dan zakot bersak keyingi yil shu kunda pulimiz 12000$ bo‘lsa, keyingi yil 12000dan zakot beradimi yoki qo‘shilgan pul 7000$dan zakot beradimi? 3. Men bu yil ramazondan inshaolloh ro‘zani ado qilmoqchiman. Balog‘atga etganimdan shu kungacha 15yillik ya’ni 450 kun ramazonning qazosi bo‘ynimda. Shu qazolarni bir kun ro‘zador bir kun og‘zim ochiq holatda ado qilsam bo‘ladimi? Yoshlik qilib tushunmay bilmay hohlasak ro‘za tutib hohlasak tutmay yurgan kunlarim ko‘p sonini ham bilmayman. Shunday qilganim uchun 450kun qazo tutganmdan so‘ng 60kun uzluksiz kafforat ham tutamanmi? Kafforatni necha marta tutaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Ehtiyotan besh yilligiga zakot bersa afzal. Uni avvalo
1. Hozirgi kunda qo‘lida borining qirqdan birini.
2. Qolganidan qirqdan birini,
3. Qolganidan qirqdan birini
4. Qolganidan qirqdan birini
Qolganidan qirqdan birini beradi. Shunda besh yilligi ado bo‘ladi. agar qoldirgani to‘rt yil bo‘lsa to‘rt marta shunday qiladi. Zakotni hamma pulidan beradi.
3). Qanday qulay bo‘lsa shunday ado qilavering. Qazoni ketma ket tutadi degan joyi yo‘q. Balog‘atga etganizdan beri biror kun tutib qasddan ochib yuborgan bo‘lsangiz bir bor 60 kun kafforat ham tutasiz. Kafforatni ketak ket tutishingiz kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 12:58 | Savol-javoblar | 147 | Ibodatlar