To‘yda so‘qim olish
Assalomu alaykum! Xudo nasib qilsa yaqinda ukamni nikoh to‘yi bo‘ladi. Ota-onam shu to‘yga o‘g‘limga sunnat to‘yini qo‘shib qilamiz deb aytishmoqda. Odatda sunnat to‘yiga kelin tomondan so‘qim(mol) olib kelish odat. Men so‘qim olmaymiz, olib kelishmasin desam qaynatam olib kelamiz deb aytibdi. Bir tanishim olib bo‘lmaydi deb aytdi.
Nima qilishni bilmayapman. Iltimos maslahat berilar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ular tomonidan hech narsa olmang. Hozirgi kunda bu ish urf-odatga kirib, bu xuddi soliq kabi bo‘lib qolgan. Hatto qilmasa malomat ham qilishadi, holbuki hamma ham chin dildan chiqarib berishga qodir emas. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Musulmon kishining chin dildan bermagan narsasi halol bo‘lmaydi” deganlar. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 08:56 | Savol-javoblar | 150 | Halol va harom