Qabr atrofiga narsa ekish

Assalomu alaykum! Qanday ekin va ko‘chat qabr atrofiga ekish joiz? Marhum va marhumalarga salovat etib borib turishi uchun?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatimizda qabrlarga ko‘chat ekish yo‘q. O‘zi o‘sib chiqqanlarini quriganlarini yulib tashlanadi. Hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xo‘l novdani sindirib qabrga sanchib qo‘yishlari o‘zlariga xos bo‘lgan. Aks holda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga amal qilgan sahoba roziyallohu anhumlarning dafn qilingan qabristonlari bog‘ bo‘lib ketar edi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:58 | Savol-javoblar | 181 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar