Meros taqsimlash dasturi
Assalomu alaykum Ustoz!Ustoz, sizning "Hadis va Hayot" nomli kitobingizning 12-juzini o‘qib, Meros taqsimlash dasturi tuzishni rejalashtirganman. O‘zim kompyuter va dasturlash bo‘yicha ozroq xabarim bor. Dasturning taxminan 70%lari tayyor bo‘ldi. Lekin biroz vaqtimni olayapti. Shunga o‘ylanib qoldim. Ustoz, qanday maslahat berasiz? Ishimni davom ettiraymi yoki vaqtimni zoe ketkazgan bo‘lamanmi? Boshqa shunday o‘zbek tilidagi dastur tuzilganmi? Albatta bu savollarni musulmonlarga ozroq foydam teksa, deb berayapman. Agar ushbu qilayotgan ishimdan musulmonlarga foydam teksa o‘zimni baxtiyor sanar edim. Qimmatli vaqtingizni olganim va agar savolim ham noo‘rin berilgan bo‘lsa, uzr so‘rayman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu borada arabcha barnoma mavjud. O‘zekchasi yo‘q bo‘lsa kerak. Agar oxiriga etkazsangiz, bizning odamlar bilan yana bir bor ko‘rib, arabchasiga solishtirib chiqilsa yaxshi bo‘lar edi.
2 May 2022, 10:28 | Savol-javoblar | 157 | Moliya va tijorat