O‘limdan so‘ngi manzil

Assalomu alaykum! Inson o‘limidan so‘ng unga Allohning izni ila farishtalar keladi savol javob uchun. Shunda agar inson hayotlik chog‘ida jannat ahlining amallarini qilgan bo‘lsa, uni farishtalar Iliyyinga olib chiqadi, ya’ni qiyomatgacha shu banda shu erda bo‘ladi. Aksincha do‘zax ahlining amalini qilgan bo‘lsa Sijjiynga tusharkan. Qiyomat kuni mahshargohda banda jannatga tushishini aniq biladimi yoki amal kitobi o‘ng qo‘liga tekkandami? Sijjiynga tushgan banda aniq do‘zaxi bo‘ladimi? Agar noo‘rin savol bergan bo‘lsam ming bor uzr so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Banda noma’i a’moli qo‘liga tekkanidagina borar manzilini biladi. Chunki mo‘minlarga bo‘ladigan qabrdagi ba’zi azoblar qiyomatda najot topishiga sabab bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:03 | Savol-javoblar | 164 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar