Rolton, vermishel

xurmatli Ustoz! Din yulida kilayotgan xizmatlaringizni ALLOX yaxshilik bilan mukofotlasin. Ustoz savollarim bor edi. 1.Rolton xakida yozilgan savolga "tarkibida xarom narsa yuk ekan yana rossiya muftiysini ruxsati bor ekan" ya’ni esa buladi mazmunidagi javobni beribsiz. Biz usha savoldagi roltonning tarkibi yozilgan jadvalni ukib kurdik. Jadvaldagi roltonning tarkibida "mol, tovuk, kuzi" gushtlari xam bor ekan. Ustoz bizni kiynayotgan masala gushtlar ALLOXning nomiga atab suyilganmi, yukmi buni bilmaymiz. Yana bizda taomlarga bulon kushiladi, bulonlar tarkibida xam "tovuk, mol"gushtlari bor, ya’ni xammasining tarkibi bir xil. Ustoz shu masalalarga oydinlik kiritib bersangiz?2. Biz bulondagi gushtlarning kanday suyilganini bilmaymiz deb shubxa kilib, bulon kushilgan taomlardan emaymiz, agar eyish mumkin bulsa, biz shu shubxamizdan keyin usha taomlardan esak buladimi? Yana "okorochka"(tovuk)dan kup taom tayyorlashadi, ularni xam esak buladimi? chunki xammasi bir xil tushunchada, kanday suyilganligi no’malum. Ustoz odobsizlik kilganim uchun ming bor uzr. Savollarni berishimni sababi birodarlarim iltimos kilib surab bering deyishdi. Iltimos Ustoz bizga shu masalalarda yordam bering, javoblaringiz uchun oldindan raxmat. ALLOX rozi bulsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Men ko‘rganda ular yo‘q. Rossiya muftiylar kengashi raisi Roviy Aynuddiyn hazratlarining rasmiy varaqdagi imzoli hujjati turibdi. Halol standartning tasdig‘i bor. Siz o‘qigandan siz aytgan go‘shtlar bo‘lsa, uning hukmi nima ekanini hamma biladi. Halol go‘sht qo‘shilgan bo‘lsa, halol, harom go‘sht qo‘shilgan bo‘lsa, harom.

27 May 2022, 03:24 | Savol-javoblar | 201 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar