duo qiliw haqida

Assalomu alaykum! Savolim inson mozor oldidan otayotkanda jamoat joylarida ovqatlanganda qolini duoga ochip tepaga kotarip duo qilishi shartmi yoki duoga qolni ochmastan icida duo qilsa boladimi
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Odamlar duo qilish deganda faqat qo‘l ko‘tarish bilan bo‘ladi deb o‘ylashadi. Hatto duoni o‘zini o‘qimasdan qo‘lni yuziga surtib ketadiganlar ham bor. Ba’zi o‘rinlarda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qo‘l ko‘tarib duo qilgan, ba’zi o‘rinlarda qo‘llarini ko‘tarmasdan ham duo qilganlar. Siz aytgan o‘rinlarda ham qo‘lni ko‘tarmasdan duo qilsa zarari yo‘q. Asosiysi duoni tark qilmaslik. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:04 | Savol-javoblar | 163 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar