Uch taloqdan keyin yana birga yashash

Assalomu alaykum! Bir tanishim eri 3 taloq beribdi, lekin endi birga yashamoqchi. Eriga ayoli bu harom desa eri domla o‘qiydi bo‘yniga olarkan 3 kun qasida o‘qib gunoxiyam sovobiyam domlani bo‘yniga tusharkan debdi. Shunga tanishim so‘rab bering deb aytgandi. Shuni tushuntirib bering, toki odamlar 3 taloqni hukmini bilib qo‘yishsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uch taloqni gunohini hech kim zimmasiga ololmaydi. Bir umr qasida o‘qisa ham yo‘l yo‘q. Uch taloqqa shariatimizda quyidagidan boshqa yo‘l yo‘q.
Er kishi o‘z ayolini bir taloq yoki ikki taloq qilsa, qaytadan yarashishi mumkin. Ammo uch taloq qilgandan keyin o‘sha er uchun u ayol vaqtinchalik haromga aylanadi. Qur’oni Karimning hukmiga binoan, u ayol boshqa erga tegib, bu eri bilan tabiiy holatda o‘lim yoki taloq tufayli ajrashgandan keyingina birinchi erga nikohi halol bo‘ladi. Buning uchun, albatta, u ayol ikkinchi er bilan er‑xotin bo‘lib yashashi shart. Ikkinchi er jinsiy aloqaga qodir emas kishi bo‘lsa, ayol qaytadan birinchi erga halol bo‘lmaydi. Nikoh to‘g‘ri nikoh bo‘lishi ham shart qilingan. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 05:30 | Savol-javoblar | 405 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar