Mayyit tanasidagi tilla simlar

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar inson qattiq jarohat olish evaziga suyaklarni bir-biriga biriktirish uchun shifokorlar tilla simlardan foydalanadilar. Ba’zi hollarda bu simlar inson tanasida qolib, olishning imkoni bo‘lmay qoladi. Shunday insonlar qazo qilsa bu tilla simlarni olish kerak bo‘ladimi? Dinimizizda molni isrof qilishdan qaytarilgan, lekin olinsa mayyitga nisbatan hurmatsizlik bo‘lmaydimi? Dinimga chiroyli amal qilish uchun o‘zimni qiziqtirgan savvollarga javob olish uchun siz azizlarni yordamingizga muhtojman. Alloh taolo ishlaringizni oson qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Olish joiz emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:10 | Savol-javoblar | 150 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar