Uyimizdagi holat

Assalomu alaykum! Biz hozir qish bo‘lganligi bois oilaviy bir xonada yashayapmiz. Shu xonada ovqatlanamiz shu xonada uxlaymiz. Hatto shu erda tog‘orada g‘usl qilamiz. Boshqa xonalar sovuqligi bois namozlarni ham yashab turgan issiq xonada o‘qishga majburman. Uydagilarga xonani toza tutinglar deb aytaman. Baribir biroz tartibsizlik va boshqa kungilsiz holatlar bulib qoladi. Savolim shuki namozlarimni shu xonada o‘qishimga hech qanaqa qarshilik yo‘qmi? Biroz ko‘nglim g‘ash.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qarshilik yo‘q. Payg‘ambardek zot ham bir xonada yashab, bir xonada g‘usl qilib, bir xonada ovqatlanib o‘sha bir xonada ibodat qilganlar. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 10:36 | Savol-javoblar | 159 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar